Krishtianu Ronaldu qanday balandlikdan gol urdi?

4 apr 2018, 10:29
Kecha YCHL chorak final dastlabki uchrashuvida Madridning "Real" klubi Turinda "Yuventus" jamoasini yirik 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

"Qaymoqranglilar" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "keksa sinora" darvozasiga fantastik gol urdi. BeIN Sports xabar qilishicha, portugaliyalik futbolchi 2,23 metr balandlikdan qaychi uslubida Buffon darvozasini ishg'ol qildi. Bu balandlikdan urilgan gol Ronalduning faoliyatidagi rekord emas. 2013 yili hujumchi "Manchester Yunayted" darvozasiga 2,93 metr balandlikdan gol urgan. Krishtianu Ronaldu YCHL musobaqasida har bir o'yinda gol urmoqda. Ronaldu musobaqa tarixida eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.  



O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru