Krishtianu Ronaldu navbatdagi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Tolibjon Qosimov
9 mar 2018, 13:42
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu dam olish kunlari o'tadigan LaLiga navbatdagi turi doirasida "Eybar"ga qarshi o'ynamasligi mumkin.

Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan PSJga qarshi safarda o'tgan qiyin bahsdan keyin Krishtianuga dam olish imkonini bermoqchi. Lekin, mutaxassis hali yakuniy qarorni qabul qilmadi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu jamoaning LaLigadagi oxirgi ikkita safar o'yinida qaydnomaga ham kiritilmadi.


"Real" "Eybar"ga qarshi safarda shanba, 10 mart kuni bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Marca