Krishtianu Ronaldu: Mourinyo – jahonning eng kuchli murabbiyi

Narzulla Saydullayev
7 noya 2015
Real yarim himoyachisi Krishtianu Ronaldu Chelsi ustozi Joze Mourinyoni maqtadi.

Eng yaxshi murabbiy deb Joze Mourinyoni bilaman, bu haqda doim aytganman. U ajoyib murabbiy, qaysi klubda ishlamasin barchasi bilan sovrinlar yutgan.

Hozir mening murabbiyim – Rafael Benites, u bilan ishlash zo'r. O'zimiz ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda g'olib chiqishni istaymiz, - deydi portugaliyalik futbolchi.

Krishtianu Ronaldu va Joze Mourinyo 2010-2013 yillarda Realda birga ishlashgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymirror.co.uk