Krishtianu Ronaldu: "Meksikani deyarli mag'lub etgan edik"

Tolibjon Qosimov
19 iyun 2017, 19:12
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Konfederatsiyalar kubogi doirasida Meksika bilan qayd etilgan durang haqida fikr bildirib o'tdi.

"Durang - biz mo'ljallagan natija emas. Biz bu bahsni deyarli yutgan edik, lekin oxirgi daqiqada gol o'tkazib yubordik. Bu futbol. Biz yaxshi o'ynadik va keyingi o'yinda yutsak pley-off masalasini deyarli hal qilgan bo'lamiz. Hammasi joyida, vahima ko'tarish shart emas, hozir faqatgina keyingi to'qnashuv haqida o'ylayapmiz", - dedi Ronaldu.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ТАСС