Krishtianu Ronaldu: "Mavsum oxirigacha shu holatimni saqlab qolmoqchiman"

26 yanv 2014, 03:07
Bugun bo'lib o'tgan "Real" klubining "Granada"ga qarshi (2:0) uchrashuvidan so'ng "Qirollik klubi" hujumchisi Krishtinau Ronaldu o'z fikrlarini bildirib o'tadi.
"Bu kun men uchun o'ziga xos kun bo'ldi. Barcha muxlislarim meni "Oltin to'p" bilan ajoyib kutib olishdi. Bugun biz g'alaba qozondik va chempionatda ham  yetakchimiz. Ko'ramiz, ertaga raqiblarimiz qanday natija ko'rsatar ekan.
Bugun o'ziga xos ajralib turadigan futbol ko'rsatdik va hamma-hammasi tartibli. Men mavsum oxirigacha mana shu holatimni saqlab qolmoqchiman" - deya aytib o'tadi 2013 yilning eng yaxshi futbolchisi

Eslatib o'tamiz , bugun Ronaldu "Oltin to'p"ni stadionda o'z muxlislariga namoish etdi.

Manba: sports.ru