

Biz g'alaba uchun barcha ishni qildik, xafamiz. Islandiya hech nima qilgani yo'q.
Ular gol urishdi xolos, 90 daqiqa davomida raqibda 2ta vaziyat bo'ldi. Butun Islandiya terma jamoasi himoyada o'ynadi.
Islandlar avtobus taktikada o'ynashdi, bunday o'yinlarda yutish qiyin. Islandiya shunchaki himoyalandi, himoyalandi va himoyalandi. Ularga omad kulib boqdi xolos.
Islandlar bu durangni xuddi Yevropa chempioni bo'lgandek nishonlashdi.
Islandiya taktikasi cheklangan. Ular Evroda o'z oldilariga hech qanday vazifa qo'yishmagan, – deydi Ronaldu.



