

So'rovnoma yakuniga ko'ra "Real Madrid" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ikkinchi bor Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Unga klubdoshi Garet Beyl va "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann raqobatchilik qilishdi.
Ronaldu o'tgan mavsum "Real" bilan YCHL g'olibi bo'ldi va Portugaliya safida Yevropa chempionatida chempion bo'ldi.



