Krishtianu Ronaldu egizaklarning otasi bo'lganini tasdiqladi

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2017, 08:25
Real va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Konfederatsiyalar kubogidan oldin egizak farzandlari dunyoga kelganini tasdiqladi.

Shu sababli Ronaldu Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etadi va Konfederatsiyalar kubogi musobaqasining uchinchi o'rin uchun o'yinida ishtirok etmaydi.

Bu qaror Portugaliya terma jamoasining yarim finalda Chiliga uchralgan mag'lubiyatidan so'ng (0:0, penaltilar seriyasi – 0:3) qabul qilindi. Agar Portugaliya finalga chiqqanida Ronaldu jamoada qolar edi.

Ikki nafar farzandim dunyoga kelganiga qaramay bor e'tiborimni musobaqaga qaratdim. Afsuski, maqsadimizga erisha olmadik.

Portugaliya futbol Federatsiyasi rahbari va terma jamoa murabbiyining menga qilgan e'tiborlaridan xursandman. Buni hech qachon unutmayman. Bolalarim bilan ilk bor ko'risha olishimdan baxtliman, – deb yozadi Ronaldu feysbukdagi o'z sahifasida.

Prezident va bosh murabbiyi Ronalduga farzandlari tug'ilgani munosabati bilan dam berishga qaror qilishdi, – deb yoziladi Federatsiya rasmiy bayonotida.
 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: facebook.com/Cristiano