Krishtianu Ronaldu 7-marta Portugaliyaning eng yaxshi sportchisi bo'ldi
Narzulla Saydullayev
11 iyul 2013, 04:37
Portugaliya sport jurnalistlari Assotsiatsiyasi Real hujumchisi Krishtianu Ronalduni ettinchi marta xorijda faoliyat olib borayotgan eng kuchli sportchi deb topdi.
Krishtianu Ronaldu ushbu sovringa 2006-2011 yillarda ham sazovor bo'lgandi.
O'tgan mavsumda futbolchi klubi safida 55ta o'yinda 55ta gol urdi.