Krimec joriy mavsumda birinchi marotaba maydonga tushdi

Aslanov Jasurbek
19 may 2017, 19:29
Bugun "Beyjing Goan" hamda "Changsha Ginde" o'rtasida Xitoy chempionatining 10-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Pekin klubidagi O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Egor Krimec 58 daqiqa harakat qildi. Uchrashuvdagi barcha gollar ikkinchi bo'limda urildi. Avvaliga Eran Zaxavi va Ksyao Jilarning goli tufayli mehmonlar 0:2 hisobida oldinga o'tib olishdi. Mezbonlarning 68 va 90-daqiqalarda urgan gollari "Beyjing Goan"ga 1 ochko keltirdi.


10-tur

"Beyjing Goan" - "Changsha Ginde" 2:2

Gollar: Chimin Zan 68, Boksuan Song 90 - Eran Zaxavi 52, Ksyao Ji 52.

Xitoy chempionati turnir jadvali bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia