"Krilya Sovetov" iroqlik futbolchini 150 ming evroga sotib oladi

Mirjalol Normatov
9 fev 2020, 18:42
Iroq termasi futbolchisi Safo Xodi faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.

21 yoshli futbolchi ayni damda o'z vatanida "Al Zavra" jamoasi tarkibida o'ynamoqda.

Ushbu transfer ishlarini "Krilya" tez orada yopishi kutilmoqda, deb xabar beradi "IQ-PRO" nashri.

Futbolchi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekiladi. Uning transfer qiymati 150 ming evroga teng bo'ladi.

Oldinroq Xodiga "Zenit" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: IQ-PRO