Krespo: “Ronaldu va Messi o'rtasidagi raqobat ularning o'sishiga xizmat qiladi. Ronaldo paytida bu narsa yo'q edi”

11 apr 2020, 01:55
Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Ernan Krespo braziliyalik goleador Ronaldo haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bizning davrdagi insonlar uchun Ronaldo fenomen edi. Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bir davrda va bir vaqtda to'p tepishlariga to'g'ri keldi. Ular o'rtasidagi raqobat bu ikki futbolchini  yanada o'sishiga xizmat qildi. Bizning vaqtlarda  bu qadar katta raqobat yo'q edi.

Ronaldu shubhasiz, bir necha yillardan buyon o'zining qanday futbolchi ekanligini butun dunyoga ko'z-ko'z qilib kelmoqda. Ammo braziliyalik hujumchining qanday gollar urganligi va raqiblarini qay tarzda ortda qoldirganligini inobatga olsak, Ronaldoning bu borada tengsiz ekanligini tushunib etasiz”,  deya o'z mulohazalarini bildirib o'tdi Krespo.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal