
Ma'lum bo'lishicha, bugun tongdan stadion kassalarida katta navbat paydo bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, "Krasnodar" uchun "Shalke" bilan bahs yangi stadiondagi ilk o'yin bo'ladi. Oldinroq "shaharliklar" arenasidagi ilk o'yin Rossiya - Kosta-Rika (3:4) bahsi bo'lgan edi va bu uchrashuvni o'zbekistonlik FIFA hakami Ravshan Ermatov boshqargan.
"Krasnodar" - "Shalke" uchrashuvi 20 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.