"Krasnodar" Safonovni Yevropa klublaridan biriga ijara bermoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
7 apr 2023, 18:48
Rossiyalik posbon Matvey Safonov yozda "Krasnodar"ni tark etishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, "buqalar" darvozabonni Yevropa klubiga ijaraga bermoqchi. "Krasnodar" Safonov Yevropada o'zini yaxshi tomondan ko'rsatishini va keyin uni top jamoaga qimmatroqqa sotishni istashmoqda.

Klub rahbariyati uni "Zenit"ga qo'yib yubormoqchi emas. Matveyning o'zi ham nimalarga qodirligini kuchliroq chempionatda sinab ko'rmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia