Kovachich "Chelsi"ni tark etadi. Unga 3 ta top-klub davogar

Sherzod Nurmatov
11 may 2023
Yarim himoyachi Mateo Kovachich yozda "Chelsi"dan kyetishi mumkin.

Manbaga ko'ra, xorvatiyalik futbolchi "ko'klar" bilan 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomani uzaytirmaydi. London klubi bir yildan so'ng tekinga yo'qotmaslik uchun uni shu yozda sotish niyatida.

Kovachichga "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Bavariya" klublari qiziqish bildirmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian