Kovach Pavarning "Bavariya"ga o'tishi sababini aytdi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2019
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach "Shtuttgart" himoyachisi Benjamen Pavarning transferi haqida gapirdi.

"U juda yosh, biroq juda tajribali. Bundesliga va jahon chempionatining ulkan tajribasi bor unda. Benjamen faoliyatida katta burilish bo'lishini, sovrinlar yutishni istadi. Biz uning transferidan mamnunmiz", - dedi murabbiy.

Pavar Myunxen jamoasiga 2019 yilning yozida kelib qo'shilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild