Kovach: "Modrichning jarohatiga ko'p miqdordagi o'yinlar sabab"

Aslanov Jasurbek
12 dek 2014, 14:44
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Niko Kovachning takidlashicha, o'z jamosi va "Real" yarim himoyachisi Luka Modrich nima sababdan jarohat olganini biladi.

Kovachning hisoblashicha, futbolchidan o'yinlardan so'ng o'z kuchini tiklab olishi uchun vaqt bo'lmagan.

"Biz "Real" shifokori bilan birgan uning "Bavariya"dagi hamkasbi Myuller-Volfart bilan uchrashgani Myunxenga bordik. U "Real" shifokorining taxminini tasdiqladi. Jarohat ko'p miqdordagi o'yinlar sabab yuzaga kelgan. Modrich dam olishi kerakligini bilgandim, chunki o'zim ham futbolchi bo'lganman va haftada uch marta maydonga chiqish nima ekanligini tushunaman. Bu oson emas. Meni esa Argentina terma jamoasi bilan o'yinda yetakchi futbolchilarimizni maydonga tushirmaganim uchun tanqid qilishdi" - deydi Kovach.

Eslatib o'tamiz, Modrich Yevropa chempionatining Italiyaga qarshi saralash uchrashuvida jarohat olgan. O'yin 1:1 hisobida yakunlangan edi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com