Koutino yana APL uchrashuvida maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
8 sen 2017, 17:43
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Manchester Siti"ga qarshi APLning 9-tur uchrashuvida maydonga tushmaydi.

Bu haqda "qizillar" ustozi Yurgen Klopp matbuot-anjumanida e'lon qildi.

7 sentyabr kuni braziliyalik futbolchi o'z jamoasi safiga qaytdi. Oldinroq, Koutino Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkinligi e'lon qilingandi. Futbolchi rahbariyat uni "Barselona"ga qo'yib yubormaganidan xafa.

"Manchester Siti" - "Liverpul" uchrashuvi 9 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com