Koutino tufayli "Vasko da Gama" 3 mln. evro ishlab oladi

Aslanov Jasurbek
8 fev 2018
Braziliyaning "Vasko da Gama" klubi yarim himoyachi Filippe Koutinoning "Liverpul"dan "Barselona"ga transferi uchun 3 mln. evrodan ko'proq daromad oladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Braziliya klubi transfer operaciyasidan tushadigan pulning 2,5%ga ega chiqadi. Koutino "Vasko da Gama" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Barselona" futbolchini ro'yxatdan o'tkazgan vaqtdan 30 kun ichida braziliyaliklarga 3 mln. evroni o'tkazib berishi kerak, aks xolda bu mablag'ga yana 750 ming evro qo'shiladi.

"Hozircha pulni olganimiz yo'q va bunga ko'p vaqt ketsa kerak deb o'ylayman. Aniq bir sanani ayta olmayman, biroq jarayon xotirjamlik bilan o'tmoqda" - deydi "Vasko da Gama" vice-prezidenti Orlando Markes.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es