Koutino Qatarga yo'l olishi mumkin

Mirjalol Normatov
6 avg 2023
"Aston Villa" futbolchisi Filippe Koutino faoliyatini Yevropadan tashqarida davom ettirishi kutilmoqda.

31 yoshli braziliyalik futbolchiga Qatar chempionatida ishtirok etayotgan klublardan takliflar bor. Hozircha nomi sir tutilayotgan klub "Aston Villa"ga taklif bilan chiqqan.

Filippening Birmingem klubi bilan yana 3 yillik shartnomasi bor. Uning transfer summasi 10 mln evroga baholanmoqda. O'tgan mavsumda Koutino APLning 20 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano