Koutino "Liverpul" rahbariyatidan uni qo'yib yuborishni so'radi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2017, 16:54
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino klub rahbariyatiga rasmiy iltimos yo'lladi.

25 yoshli futbolchi xizmatlariga "Barselona" qiziqish bildirmoqda, ammo "Liverpul" ikki marotaba o'yinchi borasida yuborilgan taklifni rad etdi. Bugun mersisaydliklar o'z rasmiy saytida Koutinoni sotmasligini ma'lum qildi.

Braziliyalik yarim himoyachisning "Liverpul" bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi. "Barselona" Koutino uchun 85 mln. evro taklif qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports