Koutino: “Jerrarddan ko'p narsani o'rganganman”

Eldor Akmurzayev
12 yanv 2022
“Aston Villa”ning yangi futbolchisi Filippe Koutino jamoa ustozi Stiven Jerrard haqida gapirdi.

“Stivi bilan ko'p gaplashdim va u menga klubning maqsadlari haqida aytib berdi. Bu yerdaligimdan juda baxtiyorman va futboldan zavqlanmoqchiman. Stivini ko'pdan beri taniyman. U bilan o'ynaganman va ko'p narsalarni o'rganganman.

U men juda qadrlaydigan inson. Bu yerda qo'limdan kelgan barcha narsani qilaman deb umid qilaman. Albatta, qattiq mehnat qilaman va o'ylaymanki, birgalikda ko'p narsaga erishamiz.

Muxlislar bilan uchrashishni, maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Ular meni bu yerdaligimdan xursandliklarini bilaman va buni his qilmoqdaman.

Doimo o'z ishimni eng yuqori saviyada bajarishni istaganman. Buning uchun har kuni borimni berib ishlayman. Umid qilamanki, mavsumning qolgan qismi a'lo darajada kechadi”, deydi braziliyalik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: avfc.co.uk