Koutino agenti: "Filippe "Liverpul"ning to'g'ridan-to'g'ri raqobatchisiga o'tishi juda qiyin bo'ladi"

Alisher
25 avg 2021, 13:07
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoning agenti Kia Jurabchian "Liverpul" sobiq o'yinchisining Angliya chempionatiga ehtimoliy qaytishi haqida gapirdi.

Braziliyalik futbolchi faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin.

"Liverpul" Koutinoning yuragida chuqur o'rinni egallagan deb o'ylayman. Filippe u yerda ko'plab mavsumlarni o'tkazdi.

Filippe ular titul yutishlarini xohladi va bu jamoaga juda ham bog'langan. Shu sabab uning "Liverpul"ning to'g'ridan-to'g'ri raqobatchisi safiga o'tishi juda qiyin deb o'ylayman", - deydi Jurabchian.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports