Kosta safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
3 dek 2018, 22:12
"Atletiko" hujumchisi Diego Kosta 5 dekabr kuni Braziliyada jarrohlik stoliga yotadi.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, xirurgik amaliyotidan keyin 30 yoshli futbolchining safga qaytishi uchun 2 oy vaqt ketadi. Demak, u fevral oyiga qadar o'yinlarda qatnashmaydi.

Diego Kosta bu mavsumda 15 o'yinda qatnashdi va 4 gol urib, 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe