

“Monpele” yarim himoyachisi Junior Sambiya COVID-19 infekciyasi tashxisi tasdiqlandi va uning ahvoli keskin yomonlashgani tufayli sun'iy komaga yotqizildi.
“Juma kuni shifoxonada Juniorning nafas olishini tekshirib ko'rishdi, lekin yakunda uni sun'iy komaga yotqizish zarurligi ma'lum bo'ldi. Hozirda shifokorlar uning ahvoli barqoror ekanligini aytishmoqda, aniqrog'i ijobiy emas, ammo baxtimizga yomon ham emas. Yaxshi xabarlarga umid qilishda davom etamiz”, deydi futbolchining agenti.


