Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus infekciyasidan 9-o'lim holati qayd etildi

Tolibjon Qosimov
30 apr 2020, 10:11
Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

Koronavirus infekciyasiga chalingan yana bir bemor vafot etdi.

1959 yilda tug'ilgan poytaxtlik G. shu yilning 15 aprel kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh miya qon aylanishining o'tkir buzilishi (insult) bilan yotqizilgan. O'tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so'ng bemorda "Covid-19" koronavirus infekciyasi ham aniqlangan.

Bemorda bosh miya qon aylanishining o'tkir buzilishi, o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o'tkir buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya kabi qator xastaliklar bo'lganligi sababli davolanish og'ir kechib, 14 kun sun'iy nafas olish apparatida bo'lgan.

Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o'tkazgan reanimacion muolajalariga qaramasdan bemor o'tkir respirator disstres sindrom, o'tkir nafas yetishmovchiligi, o'pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Jami o'limlar soni - 9ta.

Bundan tashqari, 2020 yil 30 aprel soat 10:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infekciyasi qayd etilganlar soni 2017 nafarni tashkil qilmoqda.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia