Koreyaliklar raqibni chalg'itish uchun raqamlarni almashtirishdi

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2018
Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Sin Txe Yon turnir boshlanishidan avval raqibning uning jamoasiga berayotgan e'tiboridan havotirlandi.

Taktika va futbolchilar joyini sir saqlash uchun murabbiylar shtabi ayyorlikka qo'l urdi.

Koreyalik futbolchilar ochiq mashg'ulotda raqamsiz qora liboslarda shug'ullanishdi.

Sin Txe Yonning fikricha, ayg'oqchilar uning g'oyalarini bila olishmaydi - ular janubiy koreyalik futbolchilarni ajrata olishmaydi.

"Jamoamiz xotirjam. Agar o'ylaganimizni amalga oshira olsak, natijaga erishamiz!

Barcha murabbiylar raqib ularning jamoasini kuzatayotgani haqida o'ylasa kerak.

Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchilarining libosida to'rt xil raqam. Bu shvedlarni chalg'itish uchun. Atayin formadagi raqamlarni almashtirdik - yevropaliklar koreyalik o'yinchilarni ajratishi qiyin. Bundan foydalanishga urindik.

Ertaga Shvetsiya safida kim maydonga tushishini bilamiz. Shvetsiya esa Koreya tarkibida kimlar o'ynashidan bexabar".

Janubiy koreyaliklarning havotiri bekor emas ekan. Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi assistentlaridan biri Lasse Yakobsson Osiyo jamoasini Avstriyadagi yig'indan beri kuzatib yurgani ma'lum bo'ldi.

Biroq shvedlar ustozi Yanne Andersson tezda uni oqladi: "Lasse Janubiy Koreya taktikasini o'rganish bilan shug'ullandi. U mashg'ulot yopiq ekanligini bilmagan. Buni noto'g'ri tushunganlardan uzr so'rayman".

Shvedlar JCH-2018dan oldin psixolog bilan ishlagani aniqlandi. Biroq bosh murabbiyning so'zlariga ko'ra, u sport masalalari bo'yicha maslahatchi ekan.

Birinchi o'yin natijasiga ko'ra, shvedlarning tayyorgarligi foydaliroq bo'lib chiqdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru