Koreyalik futbolchi kubok ustiga oyog'ini qo'ydi va jamoadan sovrin olib qo'yildi

Aslanov Jasurbek
31 may 2019, 17:10
Janubiy Koreya U18 terma jamoasi Xitoyning Chendu shahrida o'tkazilgan Panda Cup turnirida g'alaba qozondi.

G'olib jamoa g'alabani nomaqul nishonlagani uchun ulardan sovrin olib qo'yildi.

Turnirda g'alaba qozongan jamoa futbolchilaridan biri kubok ustiga oyog'ini qo'yib rasmga tushdi.

Surat xitoyliklarning g'azabiga sabab bo'ldi. Chendu futbol assotsiatsiyasi Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchilarini jiddiy haqoratda aybladi va g'oliblardan sovrinni olib qo'yishini ma'lum qildi. Ular vadasining ustidan chiqishdi.

Koreya futbol assotsiatsiyasi javob tariqasida xitoylik hamkasblariga kechirim so'ralgan maktub yuborishdi. Keyinroq tarmoqda Janubiy Koreya U18 terma jamoasi bosh egib kechirim so'ragani aks etgan video paydo bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC