

Unda o'zbekistonlik Rustam Ashurmatov harakat qilayotgan "Kanvon" jamoasi hamda Jamshid Iskanderov faoliyat olib borayotgan "Seongnam Ilva" jamoasi o'z o'yinlarini o'tkazishdi.
"Seongnam Ilva" jamoasi o'z maydonida "Ulsan Xyonde"ni qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdagi yagona golni Dong-Lun Li 27-daqiqada urdi. Hamyurtimiz Jamshid Iskanderov 2-bo'limning avvalida Sang-Hun Maning o'rniga maydonga tushdi.
"Kanvon" jamosi esa "Seul" mehmoni bo'ldi va 0:1 hisobida g'alaba erishdi. O'yindagi yagona gol penaltidan, 83-daqiqada Mu-Yol Go tomonidan urildi. Rustam Ashurmatov o'yinning 67-daqiqasida Se-Ge Shinning o'rniga maydonga tushdi. U 87-daqiqada sariq kartochka bilan jazolandi.
Ayniqvaqtda "Seongnam Ilva" jamoasi turnir jadvalida 7 o'yindan so'ng 11 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi. "Kanvon" jamoasi esa 7-turdan keyin 8 ochko bilan 7-pog'onada joylashgan.



