Korenten Tolisso "Bavariya"da tibbiy ko'rikdan o'tmoqda
Tolibjon Qosimov
14 iyun 2017
"Lion" yarim himoyachisi Korenten Tolisso "Bavariya"ga o'tishi uchun bir qadam qoldi.
Buni "Bild" tasdiqladi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, tomonlar futbolchining transferi borasida kelishuvga erishishgan. Tolissoning o'zi esa tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Myunxenga kelgan. Transfer summasi 40 million evro deb baholanmoqda.