Kordoba: “Xames Rodriges “Real”da bemalol o'ynab keta oladi”

Tolibjon Qosimov
11 iyul 2014
Kolumbiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Oskar Kordoba Xames Rodrigesni maqtadi.
“Fikrimcha, Xames mundialning yangi topilmasi bo'ldi. Neymardagi sexr unda bo'lmasada, Xames o'zgacha futbolchi. U “Real”da bemalol o'ynab keta oladi. Bu yigit bor yo'g'i 22 yoshda va juda aqlli. Uning qobiliyatlari o'z o'yinini rivojlantirishiga yordam beradi” – deydi Kordoba.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com