Kopa Amerika. Argentinaning yarim finaldagi raqibi ma'lum

Khoja
6 iyul 2024
Bir necha daqiqa avval Kopa Amerika musobaqasining chorak finalidan o'rin olgan ikkinchi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda Kanada Venesuelaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad shimolliklarga kulib boqdi. Endi Kanada terma jamoasi final yo'lida Argentinaga qarshi bahs olib boradi.


Venesuela – Kanada 1:1 (penalti - 3:4)

Gol: 0:1 – 13 Shaffelburg, 1:1 – 64 Rondon.

Venesuela – Romo, Aramburu, Osorio (Anxel, 90), Ferraresi, Navarro, Belo (Lakava, 84), Soteldo (Savarino, 84), Martines (Rinkon, 90), Errera, Kasseres (Kadis, 60), Rondon.

Kanada – Krepo, Djonston, Kornelius, Lumpungu, Devis, Lareyya (Axmed, 72), Osorio (Kone, 81), Eushtakiu, Larin (Oluvaseyi, 72), Devid, Shaffelburg (Millar, 62).


KhojaMuallif
Manba: championat.asia