Kopa Amerika-2019. Yaponiya ikkinchi o'yinda durang qayd etdi

Xayrulla Xoliqov
21 iyun 2019, 06:00
Braziliyada bo'lib o'tayotgan Kopa Amerika musobaqasida Yaponiya 2-tur uchrashuvini o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz Osiyo qitasi vakillari birinchi turda Chili termasiga yirik 0:4 hisobida yutqazib qo'yishgandi. Ikkin turda ularga omad kulib boqdi va Urugvay terma jamoasiga qarshi o'yin durang bilan yakunlandi. 

Takidlash lozim, "samuraylar" ikki bor hisobda oldinda bora turib, g'alabani qo'ldan boy berishdi - 2:2.  

Kopa Amerika-2019. "S" guruhi
Urugvay – Yaponiya 2:2 
Gollar: 0:1 – 25 Miyoshi, 1:1 – 32, s penalti Suares, 1:2 – 59 Miyoshi, 2:2 – 66 Ximenes.

Urugvay – Muslera, Ximenes, Godin, Kaseres, Bentankur, Laksalt (Gonsales, 28), Torreyra, Nandes (de Arraskaeta, 60), Lodeyro (Valverde, 73), Kavani, Suares.

Yaponiya – Kavashima, Tomiyasu, Ueda, Itakura, Ivata (Tacuta, 87), Miyoshi (Kubo, 83), Nakadzima, Abe (Ueda, 67), Sibasaki, Sugioka, Okazaki.

Ogohlantirishlar: Ueda (31), Nakadzima (78).

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia