Kopa Amerika-2019. Urugvayda yana bir yo'qotish

Eldor Akmurzayev
22 iyun 2019
Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi Diego Laksalt Kopa Amerika-2019 guruh bosqichining Yaponiyaga (2:2) qarshi o'yinda oyog'idan jarohat oldi.

Qayd etilishicha, 26 yoshli xavbek musobaqaning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin. Biroq, hozircha uning muskullariga shikast etmagani aytilmoqda. Shunda ham Diegoning holati bo'yicha yakuniy ma'lumot so'nggi tibbiy tekshiruvlardan so'ng aniq bo'ladi.

Avvalroq, urugvayliklarning yana bir yarim himoyachisi Matias Vesino ilk turda jarohat olgani sabab, turnir boshqa ishtirok eta olmasligi ma'lum bo'lgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: TyC Sports