

"Futbolchilarning xohishi va reakciyasini ko'rish yoqimli bo'ldi. Ular sportcha jahl qanday bo'lishini ko'rsatib berishdi - futbolchilarning ko'zlarida g'alabaga bo'lgan tashnalikni ko'rdim. G'alaba juda muhim bo'ldi. Metin iroda namoyish qila oldik.
0:2 paytida bizda vaqt bor deb hisobladim. G'alaba uchun etarlicha imkoniyat va vaqt bor edi. Juda yomon o'tgan birinchi bo'limdan keyin yigitlarga barchasi o'z qo'limizda ekanligini aytdim. Yakunda ular mag'lubiyatni g'alabaga aylantira olishdi", - dedi Konte.



