Konte: "Murabbiylik ishida doimo chemodaningiz bilan yurishingiz kerak"

Aslanov Jasurbek
21 fev 2018, 17:43
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte o'zining tez orada iste'foga chiqishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Natijalar yomonlashsa OAV doimo iste'fo haqida yozishni boshlaydi. "Byornli"ga yutqazganimizdan so'ng ketishim borasida ma'lum qilishdi. Bunda muammo ko'rmayapman, menga bosim yoqadi. Asosiysi bu futbolchilarga ta’sir qilmasa bo'ldi. Avval ham aytganman, shartnomam 2019 yilning yozida yakuniga etadi va uni hurmat qilaman. "Chelsi"da baxtliman, biroq ikkala tomonda ham shunday bo'lishi kerak.

Murabbiylik ishida doimo chemodaningiz bilan yurishingiz kerak. Bu yerda qolmoqchiman, ammo agar nimadir o'zgarsa, voqealar rivoji uchun bir nechta variant bo'ladi" - deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal