Konte: "Manchester Siti" - APLda sovringa davogarlar uchun bosh og'riq"

Aslanov Jasurbek
4 noya 2017
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Manchester Siti"ning Angliya chempionati jadvalidagi yetakchiligi haqida fikr bildirdi.

"APLda g'olib bo'lishni istagan barcha klublar uchun "Manchester Siti" katta bosh og'rig'i. Agar "shaharliklar" shu ruxda davom etishsa, davogarlar chempionlik uchun kurashishlari qiyin bo'ladi. Ammo, albatta, har bir o'yinda yaxshiroq harakat qilishlari kerak. "Chelsi" joriy mavsum ishlagan ochkolariga munosib o'yin ko'rsatdi deb o'ylayman. To'g'risini aytsam, "Manchester Siti" butun mavsum davomida shu darajada o'ynay olishini bilmayman, biroq hozircha bu jamoa juda yaxshi ishtirok etmoqda" - deydi Konte.

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal