Konte kelajakda "Yuventus"ga qaytishi mumkin

24 yanv 2015, 23:34
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte kelajakda "Yuventus"ga qaytishi mumkinligini ta'kidlab o'tdi.

"Yuventus"dan ketishim o'z-o'zidan ruy bergani yo'q. Bu haqida uzoq o'ylagandim. Men bu qarorga kelishda ko'proq  yurgaimga quloq solmadim, aksincha boshimga ishondim. "Yuventus"da yuragim bilan ishlagandim. Faoliyatimdagi bu uch yilni juda katta bosim bilan o'tkazdim. Bizni ilk vazifamiz "Milan"ni tojdan tushirish edi va buni uddalagandik. O'shanda "Milan" safida Tiago Silva va Ibragimovich kabi yuqori darajadagi futbolchilar bor edi. Kelajakda Turinga qaytishim mumkinmi? Ko'ramiz. Hech qachon "hech qachon" dema deyishadi. Bu shahar men uchun juda qadrli. Turinda futbolchi va murabbiy sifatida 16 yilni o'tkazganman.


Manba: soccer.ru