Konte kelajagi borasidagi aniq qarorini aytdi

Оқил Абдубарноев
13 may 2022, 21:06
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte yozgi mavsumda jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni yana bir bor inkor qildi. Italiyalik murabbiy London klubiga sadoqatini his qilishini ta'kidladi.

“Men “Tottenxem”ga 100% sodiqman. Balki undan ko'proqdir. Buni shunchaki aytayotganim yo'q. Men juda ishtiyoqmand odamman. Buni shu yerda isbotlashim kerak”, - dedi Konte kechagi London derbisida “Arsenal”ga qarshi o'yinda g'alaba qozonganidan keyin.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" APL yakunlanishiga ikki tur qolganda Chempionlar ligasi zonasi uchun kurashda "Arsenal"dan bir ochko ortda qolmoqda. So'nggi bor “Tottenxem” 2018/19 yilgi mavsumda ushbu musobaqaga yo'llanma olgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports