Konte: "Ikki yillik shartnoma - to'g'ri qaror"

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2017, 17:12
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte o'tgan mavsum u va uning shtabi uchun qiyin bo'lganini aytdi.

Italiyalik yozda "aristokratlar" bilan shartnomasini 2019 yilgacha uzaytirdi.

"Bizning ishimiz oson emasligini hamma biladi va faoliyatimiz davomida hamma narsa yuz berishi mumkin. Ammo doimo "Chelsi"da qolishni va boshlangan ishni oxirigacha etkazishni istaganman. So'nggi mavsum men va mening shtabim uchun juda og'ir o'tdi, ammo klub bilan birga yo'limizni davom ettirishga qaror qildik.

Yangi shartnomadan ko'nglim to'q. Klub o'tgan mavsumdagi ishimni qadrladi. Ikki yillik kelishuv - yaxshi qaror" - deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph