Konte: "David Luis? Bilmadim"

Mirjalol Normatov
28 apr 2018, 16:59
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte so'nggi 3 oydan buyon maydonga tushmayotgan David Luis haqida gapirdi.

"Bilmadim, balki u bu mavsumda yana o'yinga tusha olmas. U mashg'ulot qilmoqda va kuchaymoqda. Uning tizzasida muammolar bor edi. Shu boisdan u mavsum yakuniga qadar safga qaytishni o'ylamoqda", - dedi Konte.

Luis bu mavsum "Chelsi" tarkibida 17 uchrashuvda maydonga tushdi. U so'nggi bora "Uotfdord"ga (1:4) qarshi bahsda ko'rinish bergandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com