

Ushbu g'alabadan keyin "Inter" eng yaqin taqibchisi "Milan" bilan oradagi farqni 8 ochkogacha oshirdi.
"Yo'q, Skudettoni nishonlamayapmiz. Buning uchun biz matematik jihatdan hech kim eta olmaydigan darajada barchadan oldinga o'tib ketishimiz kerak. Jamoalar hali 8-9tadan o'yin o'tkazishadi. Unda 27-30 ochko jamg'arish mumkin. A Seriyaning qiyinchiliklari qanday ekanligini yaxshi bilamiz. Ushbu mavsumda qandaydir sovg'alar yutishimiz aniq, ammo barchasini rasmiylashtirish kerak. Lekin hozircha biz hech nimaga erishmadik", - dedi Konte.



