Konte "Chelsi"ning 3 futbolchisini xarid qilmoqchi

7 noya 2020, 23:46
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte "Chelsi"ning bir qator futbolchilarini Milan klubiga jalb qilmoqchi.

"Tuttosport" nashri xabariga ko'ra, italiyalik mutaxassis himoyachilar Emerson va Markos Alonso, shuningdek, fransiyalik hujumchi Olive Jiruning xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda.

Ma'lumot uchun, "Inter" Italiya chempionatining ortda qolgan 6 turidan keyin turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi (11 ochko).

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport