Konte "Chelsi"ga faqat top-futbolchilarni xarid qilishni istaydi

Aslanov Jasurbek
27 avg 2016, 19:55
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte klubining transfer siyosati haqida gapirib o'tdi.


"Rahbariyatga pulni faqat top futbolchilarga ishlatish lozimligini aytdim, o'rtamiyonalarga emas.

Hozir, APLning barcha klubida pulbor. Avvallari, katta pul evaziga futbolchilarni o'z safiga qo'shib ololgan bo'lsak, hozir vaziyat o'zgargan.

Evrokuboklarda ishtirok eta olmayotganligimiz sababli bizga o'tishni istashmayapti deb o'ylamayman. Klubning buyuk tarixi bor", - deydi italiyalik murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN