Konte: "Chelsi" Lukaku va van Deykni sotib olishga yaqin edi"

Mirjalol Normatov
17 noya 2020, 22:40
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte "Chelsi"dagi faoliyati haqida gapirdi.

"Rahbariyatdan ikki nafar futbolchi so'ragandim. APLni yutganimizdan keyin ular bilan shartnoma imzolashga juda yaqin edik.

Birinchisi Lukaku, ikkinchisi esa van Deyk edi. Ularni tarkibga qo'shib olishga juda-juda yaqin turgandik.

Ushbu futbolchilar bilan doimiy aloqada emas. "Agarda sizlar jamoaga o'tsangiz, 30 foizga kuchayamiz", deb aytardim.

Menimcha, "Chelsi" o'shanda yuksalishning cho'qqisiga chiqishi mumkin edi. Biroq ularni sotib ola bilmadik.

Lukaku "Inter"da, van Deyk "Liverpul"da mening g'oyalarim qanchalik to'g'ri ekanligini isbotlamoqda", - dedi Konte.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph