Kongo DR hujumchisi Marokash hukumatidan norozi: uning chemodani 12 kundan beri topilmaydi

Sherzod Nurmatov
1 yanv 2026, 14:18
Marokashda o'tayotgan AFCON-2025 qizg'in pallaga kirgan, final bosqichlari yaqinlashayotgan bir paytda kongolik hujumchi Sedrik Bakambu keskin chiqish qildi.

Gap shundaki, "Betis" futbolchisi Kasablanka aeroportida chemodani yo'qolib qolgani sababli barcha shaxsiy buyumlarisiz qolib ketgan. Marokash hukumat organlari uning bagaji topilganini bir necha bor tasdiqlagan bo'lsa-da, musobaqa boshlanganidan beri Bakambu o'z ashyolarini qabul qilib olmagan.

"19 dekabr kuni Kasablanka aeroportiga yetib kelishi kerak bo'lgan chemodanlarim haligacha topilmadi. Hukumat idoralari uch marta bagajimni topganini aytdi, ammo afsuski, hech narsa yo'q. Men hozir Afrika Millatlari Kubogi musobaqasida shaxsiy buyumimsiz ishtirok etishga majburman", – dedi u.

Kongo DR terma jamoasi yulduzi mazkur vaziyatdan juda norozi. Ular 6 yanvar kuni 1/8 finalda Jazoirga qarshi o'yinda qatnashadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Foot Mercato