
Hozirga kelib musobaqa pley-offida qatnashadigan 24 jamoaning 12 tasi aniq bo'lib ulgurdi.
PAOK (Gretsiya) va Viktoriya Plzen (Chexiya) o'z guruhlarida 1-o'rinni naqd qilib, 1/8 finalda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
Aston Villa (Angliya), Budyo-Glimt (Norvegiya), Bryugge (Belgiya), Fiorentina (Italiya), Gent (Belgiya), Lill (Fransiya), Makkabi T-A (Isroil) va Slovan (Slovakiya) jamoalarining ham pley-offda o'ynashi aniq bo'lib ulgurdi. Ammo hali ular qaysi bosqichdan ishtirokini davom ettirishi noma'lum.
Ayntraxt F (Germaniya) 2-o'rinni olib, 1/16 final bosqichida o'ynaydi.
Shuningdek, Yevropa ligasida o'z guruhida 3-o'rinni olgan Servett (Shveytsariya) jamoasi ham ushbu bosqichdan ishtirokini davom ettiradi.
Musobaqada so'nggi tur uchrashuvlari 14 dekabr kuni o'tkaziladi.