Konferenciyalar Ligasi. Finalgacha...

Alisher
25 may 2022
Bugun tarixda ilk bor o'tkazilayotgan UEFA Konferenciyalar Ligasi final o'yini o'tkaziladi.

Finalda Italiyaning "Roma" va Niderlandiyaning "Feyenoord" jamoalari to'qnash keladi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da start oladi. Tabiiyki, ushbu bahs saytimiz tomonidan matnli translyatsiya qilinadi va o'yingacha bo'lgan muhim xabarlar berib boriladi.

Qayd etish kerakki, rimliklarning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov bugun "bo'rilar" tarkibidagi ilk mavsumidayoq sovrin yutishi mumkin.


Final bahsi Albaniya poytaxti Tiranada joylashgan "Kombetare Arena"da bo'lib o'tadi. Ushbu stadion o'z bag'riga 22500 muxlisni sig'dira oladi. U 2019 yilda foydalanishga topshirilgan va qurilishiga 85 million evro sarflangan.




Rimlik futbolchilar kecha Albaniyaga yetib kelishdi.




Bu esa "bo'rilar"ning kiyim almashtirish xonasi.




 Bu esa stadion yaqinidagi binoda Joze Mourinyuga atalgan banner.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia