
Konfederatsiyalar Kubogi-2017 17 iyundan 2 iyulgacha Rossiyada bo'lib o'tdi. Turnirga o'zining eng kuchli bo'lmagan tarkibi bilan tashrif buyurgan Germaniya terma jamoasi musobaqa g'olibiga aylandi. Nemislar turnirdagi 5 ta uchrashuvda 4 ta g'alabaga erishib, 1 ta durang o'ynadi.