Konfederatsiyalar kubogi. Bugun Portugaliya o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2017, 10:21
Rossiyada boshlangan Konfederatsiyalar kubogi musobaqasida bugun navbatdagi ikki uchrashuv bo'lib o'tadi.

Yevropaning amaldagi chempioni Portugaliya terma jamoasi Qozon shahridagi stadionda Shimoliy Amerika chempioni Meksika bilan o'ynaydi.

Afrika chempioni Kamerun esa Janubiy Amerika chempioni Chili bilan to'qnash keladi. Mazkur o'yin Moskvada bo'lib o'tadi.

Saytimiz orqali ikkala o'yin tafsilotlarini kuzatib borish mumkin bo'ladi.


20:00 - Portugaliya - Meksika
18 iyun. Qozon. "Qozon Arena". 20:00 (Toshkent vaqti).
Bosh hakam
- Nestor Pitana (Argentina).

23:00 - Kamerun - Chili
18 iyun. Moskva. "Spartak Arena". 23:00 (Toshkent vaqti).
Bosh hakam -
Damir Skomina (Sloveniya).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia